Tug'ilgan kun!
Bugun Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti "Istiqbolli polimerlar sintezi" laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi Milusheva Rakiya Yunusovnaning tavallud kuni!
🫰Hurmatli Rakiya Yunusovna, Sizni muborak 75 yoshingiz — tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning fidokorona mehnatingiz, kasbiy mahoratingiz hamda jamoamiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangiz alohida e’tirofga loyiqdir. O‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatingiz, bilim va tajribangiz ko‘plarga ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.
🎉 Siz faoliyat yuritayotgan sohada namoyon etayotgan tashabbuskorligingiz va samarali mehnatingiz institutimiz nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
🫴 Ushbu quvonchli kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har doim shijoat va ilhom Sizga hamroh bo‘lsin!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🎉
Hurmat bilan,
Institut jamoasi