main logo

Polimerlar Kimyosi va Fizikasi insitituti

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko'chasi 7-b uy telefon: (+998 71)241-85-94 faks:(+998 71)241-26-60 e-mail: polymer@academy.uz
KORRUPSIYA – RIVOJLANISH KUSHANDASI: BIZ HALOLLIK VA ILM-FAN TARAQQIYOTINI TANLAYMIZ!
07.07.2026

KORRUPSIYA – RIVOJLANISH KUSHANDASI: BIZ HALOLLIK VA ILM-FAN TARAQQIYOTINI TANLAYMIZ!


Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy barqarorlik va ilm-fan rivojiga jiddiy to'sqinlik qiluvchi salbiy illatlardan biridir. Halollik, shaffoflik, adolat va qonun ustuvorligi barqaror rivojlanishning asosiy omillari hisoblanadi. Shu bois Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti o'z faoliyatida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyiliga qat'iy amal qiladi hamda barcha jarayonlarni ochiqlik, mas'uliyat va akademik halollik asosida tashkil etishga intiladi. Biz pora olish va pora berishning har qanday ko'rinishini qat'iyan rad etamiz, qonuniylikni hurmat qilamiz va ilm-fan taraqqiyoti faqat halol mehnat, xolis ilmiy tadqiqotlar hamda yuksak kasbiy etika orqali ta'minlanishiga ishonamiz. Har bir xodim va tadqiqotchining mas'uliyatli yondashuvi, halol faoliyati va shaffof ishlash tamoyillariga sodiqligi institutimizda ishonchli, innovatsion va raqobatbardosh ilmiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz, halollik esa kelajak taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.