Electrochimica Acta (Q1, IF: 5.6) jurnalida yangi ilmiy maqola
Institutimiz olimlari Prof. A. Ataxanov va N.Sh. Ashurov lar halqaro hamkasblarimiz Turkiyaning KTO Karatay University Prof.Huseyin B Yildiz va uning ilmiy jamoasi bilan xalqaro hamkorligi va Respublikamizning etuk olimlari Prof. Aziz Ibragimov hamda Dr. Jamoliddin Razzokov ar bilan mahalliy hamkorliklari o‘z mevasini berishda davom etmoqda. Electrochimica Acta jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot ishimiz barqaror energiya konversiyasi sohasidagi muhim yutuq — vodorod ishlab chiqarish uchun bioparchalanuvchi grafen-kraxmal nanotola fotoanodlarini yaratishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotning asosiy natijalari:
• Innovatsion material: Biogibrid tizimlar uchun yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan grafen-kraxmal nanotolali platformalar ishlab chiqildi.
• Yuqori samaradorlik: Optimallashtirilgan nanotolali arxitektura zaryad tashishni yaxshilab, maksimal quvvat zichligi 62 mVt m⁻² va vodorod ishlab chiqarish hajmi 274 mkmol L⁻¹ bo‘lishini ta’minladi.
• Barqaror energiya: Paulschulzia pseudovolvox yashil suvo‘tlaridan foydalanilgan holda, ko‘rinadigan yorug‘lik ta’sirida mediatorsiz fototok hosil qilishga erishildi.
• "Yashil" texnologiya: Ushbu natijalar bioparchalanuvchi kompozit materiallar kelajakdagi bioelektrokimyoviy vodorod ishlab chiqarish uchun istiqbolli platforma ekanligini isbotlaydi.
Ushbu muvaffaqiyat global energetika muammolarini hal qilishda xalqaro ilmiy hamkorlikning naqadar muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.
Jamoani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0013468626007772