O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro simpoziumi: Polimerlar haqidagi fanning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi
Sizni 2024-yil 24-25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Polimerlar haqidagi fanning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari: sintezi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi" mavzusidagi O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro simpoziumida ishtirok etishga taklif qilamiz. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Simpozium maqsadi:
-
Zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari va polimer fanining rivojlanish strategiyalarini muhokama qilish;
-
Polimer preparatlari va materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashish.
📅 Tadbir sanasi: 24-25-oktabr 2024-yil
🕙 Boshlanish vaqti: 10:00
🔗 Zoom orqali ishtirok etish: Zoom uchrashuviga qoʻshilish
📌 Konferensiya ID: 592 204 7304
🔑 Kirish kodi: 1
Sizning ishtirokingiz biz uchun juda muhim!