Yosh tadqiqotchi kuygan yaralarni nanotolalar yordamida davolashning samarali usulini o‘rganmoqda
Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti Xolida Muminova “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Uning “Sellyuloza hosilalari asosida nanotuzilishli biomateriallarning olinishi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari” mavzusidagi tadqiqoti nanotolali antibakterial biomateriallar yaratishga qaratilgan. Hozirda tadqiqotning dastlabki natijalari asosida olingan materiallarning morfologik tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda mikroblarga qarshi faolligi chuqur tahlil qilinmoqda. Mazkur ilmiy izlanishlar natijasida yaratilayotgan biomateriallardan kelgusida tibbiyot sohasida, ayniqsa, kuygan yaralarni samarali davolashda foydalanish imkoniyati mavjud.